Bosh sahifa
<QN/>

Xizmatlar

To'rt yo'nalish. Ularning ostida bitta g'oya turadi: mahsulot ishlashi, tez bo'lishi va bir yildan keyin ham qo'llab-quvvatlanishi kerak.

Web ilova va SaaS ishlab chiqish

G'oyadan ishlayotgan mahsulotgacha: interfeys, API, ma'lumotlar bazasi, autentifikatsiya, to'lov va deploy — hammasi bitta qo'ldan.

  • Next.js yoki React frontend, NestJS yoki Express backend
  • PostgreSQL yoki MongoDB — loyihaga qarab tanlanadi
  • Ro'yxatdan o'tish, rollar, ruxsatlar va to'lov integratsiyasi
  • Docker va CI/CD — deploy bitta buyruq bilan

CRM, LMS va admin panellar

Kunlik ishlatiladigan ichki tizimlar. Eng katta tajribam shu yerda: 2000+ foydalanuvchili CRM va butun bir o'quv platformasi.

  • Murakkab jadvallar, filtrlar va eksport
  • Rollar tizimi va harakatlar tarixi (audit log)
  • Hisobotlar, grafiklar va interaktiv xaritalar
  • Mavjud 1C, Telegram yoki tashqi API'lar bilan integratsiya

Landing va ko'p tilli saytlar

Qidiruvdan mijoz keltiradigan sayt. Faqat chiroyli emas — indekslanadigan, tez va o'lchanadigan.

  • Ko'p tillilik: har til uchun alohida URL va hreflang
  • Texnik SEO: sitemap, robots, JSON-LD, meta va OG teglar
  • Lighthouse 90+ va yashil Core Web Vitals
  • Yandex Metrika yoki Google Analytics ulanadi

Performance audit va refaktoring

Mavjud loyihangiz sekin ishlayaptimi yoki kodga tegishdan qo'rqasizmi — sababini topib, aniq reja bilan qaytaraman.

  • Core Web Vitals o'lchovi va muammolar ro'yxati
  • Bundle tahlili, code splitting va lazy loading
  • SSR / SSG / ISR strategiyasini qayta ko'rish
  • Eskirgan versiyalarni yangilash (masalan Angular 8 → 15)

Qaysi biri sizga mos ekanini bilmayapsizmi?

Loyihangizni qisqacha yozing — bepul maslahat beraman va nima kerakligini birgalikda aniqlaymiz.

Yozish